
Xotin-qizlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori, tashabbuslari va yutuqlarini e’tirof etish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Ushbu mukofot ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘z bilim va salohiyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan, shu jumladan, IT sohasida yuksak natijalarga erishgan qizlarga ham beriladi.
Bu yil IT sohasida faoliyat yuritib, yuksak natijalarga erishgan uch nafar xotin-qiz ushbu mukofot bilan taqdirlandi:
⭐️ Biybinaz Turemuratova (https://t.me/digitaledu_uz/1098) – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
⭐️ Ummatoy Yo‘ldosheva (https://www.youtube.com/watch?v=KNYfsMd4kNE) – “Yangi O‘zbekiston” universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati).
⭐️ Dilnoza Abdurasulova (https://t.me/tatuff_rasmiy/24638) – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali dasturiy injiniring kafedrasi assistenti.
⭐️ Shahzoda Kamalova (https://t.me/xorazm_it_park/2380) – “IT Park Xorazm” o‘quv markazi “Kids English” kursi mentori, Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
Ularning IT sohasidagi fidoyiligi va yutuqlari jamiyat tomonidan e’tirof etilib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu esa mamlakatimizda IT sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga bo‘lgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning yana bir yorqin ifodasidir.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi mukofot sohibalarini samimiy muborakbod etadi! Ularning mehnati, intilishi va yutuqlari yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib, mamlakatda IT sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!