Iste’molchi huquqi

17 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Fuqarolar murojaati hamisha e’tiborda!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi "Matbuot va axborot” bo‘limi boshlig‘i Umida Mansurova, "Matbuot va axborot” bo‘limi bosh mutaxassisi Nodir Muhamedovlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu suhbatni tashkillashtirishdan asosiy maqsad aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongini, iste’mol madaniyatini yanada yuksaltirishdir. Tadbir davomida talaba yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va sohaga oid me’riy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berish bilan bir qatorda iste’molchi kim, uning haq huquqlari nimalardan iborat, huquqlari buzilgan holatlarda kimga va qanday murojaat qilish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jixatdan barqaror umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan, ma’naviy merosni va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarni ustuvor soha darajasiga ko‘tara olayotgan mamlakatlardandir. Shunday ekan, tashkilot mamlakatimizda aholi o‘rtasida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish orqali Davlat dasturini amalga oshirib O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
 

Iste’molchi huquqi

 

Iste’molchi huquqi

 

Iste’molchi huquqi

 

Iste’molchi huquqi

 

Iste’molchi huquqi