Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasi yodga olindi

  • Asosiy
  • Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasi yodga olindi

Shu kunlarda Respublikamizda buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilmoqda. 30-yanvar kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti boshlangʻich tashkiloti faollari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan hurmat bajo keltirgan holatda haykallarining poyiga gul qoʻyildi.



Shuningdek, shu kunning o'zida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Boshlang'ich tashkiloti tomonidan muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligiga bag'ishlangan "Zukko kitobxon" intellektual o'yini ham o'tkazildi. Yakunda AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-o'rinni, Axborot xavfsizligi fakulteti 2-o'rinni, Kompyuter injiniring fakulteti 3-o'rinni egalladilar. G'oliblar va tashkilotchilar sovg'alar bilan taqdirlandi!


TATU matbuot xizmati