Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich “Isaak Nyuton” (“Isaac Newton”) medali bilan taqdirlandi.

  • Asosiy
  • Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich “Isaak Nyuton” (“Isaac Newton”) medali bilan taqdirlandi.

Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich “Isaak Nyuton” (“Isaac Newton”) medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining (www.euscience.info) unvonlar va taqdirlash departamenti tomonidan texnika va fizika-matematika fanlari mutaxassislarini taqdirlash uchun ta’sis etilgan. Medal bilan texnika va fizika-matematika sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan va butun jahon fan jamiyati tan olgan fan arboblari taqdirlanadi.