“Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-texnik anjuman

  • Asosiy
  • “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-texnik anjuman

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi, Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  hamqorligida 2021-yil 4-5-mart kunlari “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani oʻtkazilamoqda.

Anjuman quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 10 ta shoʻba faoliyat yuritadi:

 

1- Shoʻba.

Respublika ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini yechishda AKT ahamiyati;

2-Shoʻba.

Taʼlim tizimlarida axborot texnologiyalari;

3-Shoʻba.

Axborot xizmatlarini koʻrsatish sohasida intellektual tizimlar;

4-Shoʻba.

Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarining rivojlanishi;

5-Shoʻba

Radiotexnika, teleradioeshittirish va mobil aloqa texnologiyalari;

6-Shoʻba.

Raqamli televideniya va  kino industriyasi muammolari;

7-Shoʻba.

Axborot xavfsizligining zamonaviy muammolari;

8-Shoʻba.

Dasturiy  mahsulotlarni yaratish va uning istiqbollari;

9-Shoʻba.

Elektron kutubxonalar va arxivlar;

10-Shoʻba.

Raqamli iqtisodiyot.

Seksiya majlislarida universitet, uning 5 ta filiali va Respublikaning 9 ga yaqin oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

Ushbu anjumanning asosiy maqsadi – infokommunikatsion texnologiyalarning yangi imkoniyatlarini aniqlash, regional muammolarni koʻrib chiqish, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini muhoqama qilish imkoniyatini yaratish,  axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish masalalarini hal etishga bagʻishlangan.