TATUda “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Unda universitet rektori, professor Baxtiyor Maxkamov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqida ma’ruza qildi.

  • Asosiy
  • TATUda “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Unda universitet rektori, professor Baxtiyor Maxkamov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqida ma’ruza qildi.

Ma’rifat darsi davomida so‘nggi yillardagi islohotlarning mohiyati, ularning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ta’siri atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlar va ularning aholi turmushiga ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Yoshlarning faolligini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va ta’lim jarayonida islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashiga qaratilgan fikr almashinuvlar bo‘lib o‘tdi.

📝 Dars davomida Prezident qaror va farmonlari asosida Axborot texnologiyalari, Yashil iqtisodiyot va Raqamli taraqqiyot yo‘nalishlaridagi o‘zgarishlar tushuntirildi. Xususan:
✔️Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi Qaror;
☑️ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha Farmon;
☑️ “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va amalga oshirish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar berildi.

➡️Tadbir yakunida talabalar mavzuga oid savollar bilan ishtirok etib, ma’ruzachidan batafsil javob oldilar. Ma’rifat darsi ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va talabalarning intellektual rivojlanishi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

✈️@tuituz_official