💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan FELIX jamoasi taqdirlandi
📌Viloyat hokimi sovrini uchun "IDEATHON" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga 212 nafar iqtidorli yoshlar ishlanmalaridan 100 tasi tanlab olindi va ularning 15 nafarining loyihalari munosib deb topildi.
📢Taqdirlash marosimida tanlov tashabbuskori - viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
🏆G‘olib va nominatsiyalar egalari viloyat hokimligining statuetka, serifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.