Universitetning iqtidorli talabalari Microsoft Azure xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi!

  • Asosiy
  • Universitetning iqtidorli talabalari Microsoft Azure xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi!



TATU, Kookmin universiteti hamda Microsoft (Korea) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida Universitetimiz talabalari uchun Microsoft Azure kursi taqdim etib kelinmoqda.
Universitetda ushbu dasturning navbatdagi bosqichini mucaffaqiyatli yakunlagan talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 Dastur doirasida 20 nafardan ortiq talabalar gibrid shakldagi treninglarda ishtirok etishdi hamda imtixonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlaridan so‘ng Microsoftning rasmiy sertifikatiga ega bo‘ldilar.

 Shunisi quvonarliki, talabalarimiz shunchaki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish bilan cheklanib qolishmadi — ular yuqori natijalarni qayd etishdi. O‘rtacha ko‘rsatkich 90% dan yuqori bo‘ldi.

 Dastur TUIT Living Lab zamonaviy hududida tashkil etildi va talabalar professional muhitda treninglarda ishtirok etdilar.

 Mazkur loyiha TATU talabalari uchun xalqaro darajadagi IT bilim va ko‘nikmalarni egallash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Yuqori natijalar esa talabalarning salohiyati va universitetimizda yaratilgan imkoniyatlarning amaliy samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

 Tez orada dasturining navbatdagi bosqichi haqida e’lon qilinadi.