Iqtidorli hamda faol talabalar va magistrlar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Iqtidorli hamda faol talabalar va magistrlar diqqatiga!

E’LON!!!

Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomdor stipendiyalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy nomidagi  davlat stipendiyasiga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad    al-Xorazmiy nomidagi stipendiya hamda O‘zbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati ham  o‘zlarining maxsus stipendiyasini joriy etishgan.

Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan Davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar xujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib,  joriy yilning 31 may kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi (224-xona, G.Ahmedjanova)ga topshirishlari mumkin.

Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining “talabalarga” ruknining stipendiyalar va grantlar bo‘limida tanishish mumkin.