IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Universitetimizning Kompyuter injiniring fakulteti magistranti Muhammadali Abdullayev Apple kompaniyasining "iOS with Swift" trenerlik maxsus sertifikatini oldi.
Bu sertifikat orqali Muhammadali o‘z tengdoshlari va siz yoshlarga Apple kompaniyasining turli qurilmalari uchun dasturiy vositalarni yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Muhammadalini ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.