8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda TATU rektori T.Teshabayev universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Tadbirda Mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi oʻrni, mavqei oshib borayotganligiga alohida urgʻu berildi.
Xususan, bugungi kunda universitetimizda jami 480 nafar ayol xodimlar faoliyat yuritmoqdalar. Shulardan 282 nafari professor oʻqituvchilar, 192 nafari universitet xodimlari, 680 nafar talaba-qizlarimizdir. Ayollarimizning nafaqat boshqa sohada, balki axborot texnologiyalari sohasida ham faoliyat yuritayotgani quvonarli holdir.
TATUda faoliyat yuritayotgan ayol hodimlarga universitet ravnaqi yoʻlida qilayotgan mehnatlari va yosh-avlodga berayotgan bilimlari uchun tashakkurnomalar topshirildi.
Bayramona tadbir goʻzal kuy-qoʻshiq va raqslarga boy boʻldi.
TATU matbuot xizmati