🌍 International Women Leaders Congress ning 2- kuni
✅ Muhtaram Prezidentimizning yurtimizda ayollarga berayotgan e’tiborlari va gender tenglik masalalari bo‘yicha ijobiy islohatlariga hamohang holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 20 nafar yetuk, olima va lider ayollar delegatsiyasi 2024-yil 6-9-mart kunlari BAA ning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan 32 ta davlatdan eng nufuzli olima va lider ayollari "International Women Leaders Congress" (26 - Xalqaro Lider ayollar Kongressi) da ishtirok etishmoqda.
🗒Kongressdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Olim va yetakchi ayollarning global yutuqlarini ta’kidlash, turli mintaqalardagi yetakchi ayollarni birlashtirishga qaratilgan masalalar yuzasidan davlatlar, shu jumladan, hukumat, biznes, ommaviy axborot vositalari, ayollar uyushmalari, xalqaro institutlar va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan rahbar ayollarining ishtiroki, ayollarning o‘rnak na’munasiga aylanishini rivojlantirish, o‘sish va na’muna bo‘ladigan ayollarning kelajak avlodga intilishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro tashabbuslarni shakllantirishda yosh yetakchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy xalqaro yetakchilik strategiyalarini o‘rganishga qaratilgan.