Intensiv kurs boshlandi!

  • Asosiy
  • Intensiv kurs boshlandi!

 

 

Intensiv kurs boshlandi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xalqaro Clarivate kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Abdumuminova Diana Temurlanovna tomonidan izlanuvchilar uchun Web of Science xalqaro bazasi bo‘yicha intensiv kurs boshlandi.

Kurs davomida ishtirokchilarga Web of Science platformasining imkoniyatlari, undan ilmiy faoliyatda samarali foydalanish, maqola va jurnallar bo‘yicha ma’lumotlarni izlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Shuningdek, olim profilini yaratish va ilmiy natijalarni xalqaro maydonda taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

📚 Kurs doirasida quyidagi mavzular ko‘rib chiqilmoqda:
• Web of Science bazasi imkoniyatlari
• Web of Science bazasida olim profilini yaratish
• Web of Science bazasida ilmiy axborotlarni qidirish (maqolalar, jurnallar, dissertatsiyalar)

Ushbu kurs doktorantlar va yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish orqali yetakchi davlatlarning nufuzli oliygohlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishishga xizmat qiladi. Bu esa yosh tadqiqotchilarimizni dunyo buylab raqobatlasha oladigan ilmiy tadqiqotchi sifatida shakllanishiga yordam beradi.