Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy kengashining 2016 yil 29 dekabrdagi 5-sonli qarori asosida, universitet va uning hududiy filiallarida INTELSAP - integrallashgan axborot tizimi joriy qilindi.
Mazkur tizim BMI va MD larning elektron kutubxonasini yaratishga va ma’lumotlar bazasidagi o‘xshash matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan ikki qismdan iborat. Birinchi qism ARMAT++ tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, BMI va MD lar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni yig‘ish, to‘liq matnli elektron ktutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda himoyaga tavsiya etilgan BMI va MD larga sertifikat generatsiya qilish uchun foydalaniladi. Ikkinchi qism INTELSAP tizimidan iborat bo‘lib, ARMAT++ tizimi ma’lumotlar bazasiga to‘plangan BMI va MDlarni o‘xshashlikka tekshirish uchun foydalaniladi.
2016-2017 o‘quv yilida joriy qiligan tizimda jami 2477 nafar BMI va MD lar 8898 marotaba tekshirildi va elektron kutubxona ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tekshirishlar natijasida 787 nafar BMI qayta yozish tavsiya etildi, 395 nafar ishga kamchiliklari ko‘rsatildi va tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, 23 nafar BMI va MD larga o‘xshashlik darajasi 45% dan yuqori bo‘lganligi sababli sertifikat generatsiya qilinmadi. Ilmiy kengashining qaroriga binoan o‘xshashlik darajasi 45% dan past bo‘lgan 2454 nafar BMI va MD larga avtomatik tarzda sertifikat generatsiya qilindi.
2017-2018 o‘quv yilida mazkur tizimining yangi versiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Tizimning yangi versiyasida tekshirilayotgan BMI va MDlar faqatgina xususiy baza bilan emas, balki, internet tarmog‘i bilan ham tekshirish imkoniyati paydo bo‘ladi, ma’lumotlar bazasiga kelib tushgan har bir BMI yoki MD larni ekspertlar tomonidan onlayn rejimda baholash imkoniyati yaratiladi.