TATU talabalari “Zakovat”da birinchi!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishda bu kabi intellektual o‘yinlarni o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega.

20 aprel kuni Toshkent Moliya institutida Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tdi.

Bunda Toshkentning ko‘zga ko‘ringan oliy dargohlaridan, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabalar jamoalari ishtirok etishdi.

O‘yinda faxrli birinchi va uchinchi o‘rinlarni TATUning “Kronos” hamda “sTATUs” jamoalari qo‘lga kiritishdi!

1-o‘rinni egallagan “Kronos” jamoasi a’zolari:

1. Shuxrat Kurbonaliyev

2. Behzod Jalolov

3. Mirjalol Aminov

4. Behruzjon Abdullayev

5. Saboxat Berdiyeva

6. Oybek Allayorov

3-o‘rinni egallagan “sTATUs” jamoasi a’zolari:

1. Abdug‘afforov Abror

2. Qo‘chqorov Sherzod

3. Salimov Sardor

4. Abduraximov Shaxzod

5. Ahmedov Akramjon

6. Hakimov Xojiakbar

Biz, yuqorida nomlari keltirilgan talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi o‘yinlarda omadlar tilab qolamiz!