“Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovida ishtirok eting!

  • Asosiy
  • “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovida ishtirok eting!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlov “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovidir. Oʻzining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishni xohlagan talaba ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan insholar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan boʻlishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan boʻlishi shart. Yozma materiallarning 1 nusxasida talabalarning oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi toʻliq koʻrsatiladi, 2-nusʼhasida oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilmaydi. Insholarni 2019-yilning 20-fevraliga qadar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi (A-bino, 2-qavat, 224-xona)ga topshirish mumkin.

Tanlovda ishtirok etib, oʻz iqtidoringizni namoyon qiling va qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling!

“Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovi

NIZOMI

Tanlovning maqsadi va vazifalari

1. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan ulkan zafarlarga daxldorilk hislatlarini shakllantirish, shuninngdek, oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovni shartlari va baholash mezonlari

1. Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;

- ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yoritilganligi;

- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondoshuvlar;

- mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

2. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi – jami 50 ball.

Xujjatlarni taqdim etish tartibi

1. Respublikadagi oliy taʼlim muassasalaridagi ikkita yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻlgan, 1- va 2-oʻrinni egallagan talabalarning hujjatlari (OTM Tashkiliy qoʻmitasi bayonnomasi va qarori, gʻolib boʻlgan talabaning ijodiy meteriallari va 10x15 hajmdagi fotosurati) Respublika Tashkiliy qoʻmitasiga joriy yilning mart oyining oxiriga qadar 2 nusʼha yozma, 1 nusʼha elektron variant (CD disk)da taqdim etiladi.

2. Tanlovga taqdim etilayotgan insholar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan boʻlishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan boʻlishi shart. Yozma materiallarning 1 nusxasida talabalarning oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi toʻliq koʻrsatiladi, 2-nusxasida oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilmaydi.

3. Yuqoridagi talabalarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.