“INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi forumi bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • “INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi forumi bo'lib o'tdi

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi forumi bo‘lib o‘tdi

✅Ushbu forumda Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi, universitet tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun “Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari” boʼyicha forum, oʼquv-seminar tashkil qilinib, Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATUdan 15 nafar profesor-oʼqituvchilari oʼz loyihalarini taqdim etishdi. Shuningdek, muhandis hamda dasturchi xotin-qizlarni salmogʼini va ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

📌Haftalikning asosiy maqsadi mamlakatimiz xotin-qizlarini innovatsion gʼoyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga koʼmaklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish.

🎁Forum yakunida ishitirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.