InnoWeek doirasida o‘tkazilgan Beshinchi Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivali

  • Asosiy
  • InnoWeek doirasida o‘tkazilgan Beshinchi Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivali

Joriy yil 22-27-noyabr kunlari InnoWeek doirasida o‘tkazilgan Beshinchi Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Suxrob Xaydarov boshchiligidagi yoshlar g‘olib bo‘lishdi.

🏆Ular o'z ixtirolari bilan ishtirok etishdi:
🔹Konchilar va oʻt oʻchiruvchilarga oʻz ishlarida yordam beradigan “Aqlli dubulgʻa” ixtirosini taqdim etgan Komilova Xonzoda va Boyqoʻziyeva Ezoza;
🔹Ergashev Asilbek "O'simliklarni avtomatlashtirilgan sug'orish" bo'yicha o'z ishlanmasi bilan.

✅G'oliblar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi binosida festival tashkilotchilarining faxriy yorliqlari, medallari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.