“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan tadbir
Toshkent shahrida "INNOPROM” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining 27-apreldagi tadbirlari doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun “INNOPROM UNIVERSITETI” deb nomlangan maxsus taʼlim sessiyalari o‘tkazildi.
Ushbu sessiya doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov, Rossiya, Yevropa, Osiyo mamlakatlarining yirik biznes tashkilotlari va Rossiya Oliy taʼlim muassasalari qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ham taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirlarning plenar sessiyasida TATU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Tashev universitetning Rossiya Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, o‘zaro foydali kelishuvlar va imkoniyatlar haqida ma’ruza qildi.
Muhokamalar qismida universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.