Ingliz tilini B2(IELTS 5.5) va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimizga yuqori daromadli ishga kirishlariga Prezidentimiz tomonidan yaratilgan qo‘shimcha imkoniyat: endi ular IT sertifikatlarini olishga va o‘qishga sarflagan xarajatlarini to‘liq 100 foiz qoplab olishlari mumkin bo‘ladi.
Professional darajadagi sertifikatlarni olish qiyinligi bilan birga anchagina qimmatligini ham inobatga olib, ingliz tili sertifikati bo‘lmaganlarga ham avvalgidek 50 foiz o‘rniga 60 foiz xarajatlari qoplab beriladigan bo‘ldi.