
Bugun, 2025-yil 10-iyun kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 174-son buyrug‘i asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun jami 82 nafar talabgor ariza topshirgan bo‘lib, ularning 52 nafari amalda bellashuvda qatnashdi. Qizg‘in bahslar va bilim sinovlari yakunida 9 nafar ishtirokchi yuqori ball to‘plab, 2-bosqichga yo‘l oldi. Yakuniy bosqichda esa o‘z bilim va salohiyatini to‘liq namoyon etgan 3 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Barcha ishtirokchilarni, ayniqsa g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularning erishgan yutuqlari yana bir bor axborot texnologiyalari sohasining kelajagi aynan yoshlar qo‘lida ekanligini isbotladi. Mazkur olimpiada yosh dasturchilar va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.