Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, xotin-qizlarning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ular uchun ajratilgan alohida 4 foizli qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari mazkur yoʻnalishdagi yana bir muhim qadam boʻldi.
Shunday yaratilgan imkoniyatdan foydalangan holda, kirish test sinovlarida oʻz hududida yuqori ball toʻplagan abituriyentlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinganligi munosabati bilan 2020-yil 7-oktyabr kuni universitet rektori Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi RUSTAMOVA MAXLIYO OTABEK QIZIni erishgan yutugʻi bilan tabrikladi.
Rektor T.Teshabayev talabalik baxtiga muyassar boʻlgan qizlar va ularning ota-onalarini mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlardan toʻgʻri va oqilona foydalangani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentimizning tashabbusi bilan berilgan imkoniyatning ilk sovrindorlari boʻlgan talaba-qiz MAXLIYO RUSTAMOVAga esdalik sovgʻalari hamda universitet rektori T.Teshabayevning tabriknomasi taqdim topshirildi.
TATU matbuot xizmati