“Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusidagi seminar-treninglar va "Karyera kunlari" o‘tkazildi
💼 Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan ⤴️ TATU Samarqand filialida “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-treninglar, soha korxonalari va IT-Park rezidentlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.
👩🎓Unda filialning 300 dan ortiq talaba-yoshlari ishtirok etib, ularga:
➡️ Bitiruvchilarga malaka talablari;
➡️ IT-ta’limdagi imkoniyatlar;
➡️ TATU "Karyera markazi" faoliyati;
➡️ Xalqaro nufuzli IT-kompaniyalarga ishga joylashish;
➡️ Linkedin tarmog‘idan samarali foydalanish;
➡️ "President Tech Award" tanlovi haqida tushunchalar berildi.
✅ Seminarda TATU "Karyera markazi" va IT-Park Samarqand filiali mutaxassislari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.