
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 20-fevral kuni “ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI” haftaligi doirasida “IT sohasi rivojida xotin - qizlarning o‘rni” mavzusidagi forum va ko‘rgazma tashkil etiladi.
Forum doirasida:
🟢 xotin-qizlarning ilm-fandagi va tadbirkorlikda erishgan yutuqlari hamda tadbirkorlik mahsulotlarining yarmarkasi;
🟢 Olima ayollar va talaba-qizlarning loyihalar taqdimoti;
🟢 mavzu doirasidagi olima ayollar, professor-o‘qituvchilarning tabrik so‘zlari hamda ma’ruzalari tinglanadi.
⏰ O‘tkazilish kuni va vaqti: 20-fevral, soat 10:00.
📌 O‘tkazilish joyi: TATU Ma’naviyat va ma’rifat markazi
✈️@tuituz_official