Sizni 2018 yil “21” noyabr kuni soat 14:00 da BOLTIBAYEV SHUXRATJON KOMILJANOVICHning «Davriy rejimda ishlayotgan oʻzaro boʻgliq magistral gaz quvurlarini matematik modellashtirish va tdqiq etish» (Ilmiy rahbar – t.f.d., k.i.h. I.Q.Hoʻjayev) mavzusidagi hamda YAXSHIBAYEV DONIYOR SULTONBAYEVICHning «Suv havzalaridagi koʻp fazali stratifikasiyalangan oqimlar rivojlanishi dinamikasini modellashtirish» (Ilmiy rahbar – t.f.d. S.I.Xudoyqulov) mavzusidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining muhokamalari boʻlib oʻtadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.
Seminar TATU kichik muzokaralar zalida boʻlib oʻtadi.