Xalqning buyuk farzandi xotirasiga ehtirom...

  • Asosiy
  • Xalqning buyuk farzandi xotirasiga ehtirom...
15 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasini Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston taraqqiyotida tutgan o‘rni va tarixiy roli” mavzusida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur ilmiy-nazariy seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 21-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Seminar davomida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barchaga ibrat hayoti va bemisl faoliyatini keng targ‘ib etish, uning muallifligidagi asarlar mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish orqali yoshlarimizda chin insoniy fazilatlarni shakllantirish, yoshlarimizni iymon-e’tiqodli, milliy qadriyat va an’analarga sodiqlik, yuksak ma’naviyatli, bilimli va vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi uchun daxldorlik ruhida tarbiyalash bugungi kunda ta’lim sohasidagi dolzarb vazifalar ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, f.f.d., professor G.Tulenovaning “O‘zbekiston Resmpublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalalarining nazariy asoslanishi” mavzuidagi ma’ruzasi
Shuningdek, seminar yakunida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligi doirasida o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi ilmiy maqola”, “Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishi” va “Eng yaxshi badiiy ijod mahsuli” nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Tadbir yakunida universitet talabasi G‘ulom Nazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Ketdim...” deb nomlangan she’ri va unga ishlangan videorolik yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.