Professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar diqqatiga!

2017 yilning 2-4 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari” mavzusi doirasida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar – ICISCT-2017” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘tkazilmoqda.

Ushbu konferensiyada Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar natijalari bilan ishtirok etish mumkin.

Konferensiya Web sayti: http://www.icisct2017uz.org

  • Maqolalarni topshirish muddati: 2017 y. 5-sentyabr.
  • Maqolalarni qabul qilinganligi haqida xabar 2017 y. 25-sentyabrda yuboriladi.
  • Konferensiya kunlari: 2,3,4 noyabr 2017 y.

Qabul qilingan maqolalar konferensiya to‘plamida va CD disklarda tarqatiladi va IEEE XploreTM ga qo‘shish uchun IEEE raqamli kutubxonasiga yuboriladi.

Qabul qilingan maqolalarga IEEE tomonidan quyidagi ISBN raqamlari belgilanadi.

XPLORE COMPLIANT: CFP17H74-ART ISBN 978-1-5386-2168-4

CD-ROM: CFP17H74-CDR ISBN 978-1-5386-2167-7

Konferensiyaga maqola yuborish uchun quyidagi web saytga kirasiz:

http://www.omidyar-institute.org/openconf203/openconf.php

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti (IEEE) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.