2024-yilning 4-5-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi va yangi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Oliy ta’limni raqamlashtirish sharoitida innovatsion o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash masalalari – ICT Edu 2024” mavzusidagi Respublika ilmiy-uslubiy anjumani tashkil etildi.
✅ Mazkur konferensiya raqamlashtirish sharoitida innovatsion o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan muammo va yechimlar muhokamasiga bag‘ishlangan bo‘lib, quyidagi sho‘balarda professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning 250 dan ortiq ma’ruzalari muhokama qilindi.
🗂 Konferensiya yakunida oliy ta’limni raqamlashtirish sharoitida innovatsion o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash, ta’lim sifatini oshirish va uslubiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xulosalar qabul qilindi.