Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Seminarda quyidagi dissertatsiya ishlari muhokama qilinadi:
Soat 14:00 da
Talabgor Otaxonov Alisherbek Abdumutal o‘g‘lining 05.01.04 — «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Produksion mantiq asosida veb-havolalarni tekshirish algoritmlari va dasturiy ta’minoti» mavzusidagi dissertatsiya ishi.
Soat 16:00 da
Talabgor Abdirazakov Faxriddin Bekpulatovichning 05.01.04 — «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Sun’iy nutqni aniqlashning intellektual algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiya ishi.
O‘tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E-bino, 101-auditoriya.