![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026-yil 10-mart kuni Faollar zalida doktorantlar, tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchilar va magistrlar uchun ilmiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda TATU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh. To‘rayev, Clarivate kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha mintaqaviy vakili D. Abdumuminova, shuningdek yetakchi professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
Web of Science, Pivot-RP bazalari hamda Springer Nature nashriyoti bo‘yicha o‘quv kurslari;
Sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rishi sohasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
Ilmiy tadqiqot ishlarini taqdim etish;
Ilmiy maqola nashr qilish talablari va Scopus jurnallarini tanlash.
Tadbir davomida ilmiy izlanishlarda innovatsion yondashuvlar va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.



