Ilmiy-amaliy stajirovka: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar

  • Asosiy
  • Ilmiy-amaliy stajirovka: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar

Joriy yilning 7–23-yanvar kunlari, Malayziyaning Sultan Idris Pendidikan universitetida Markaziy Osiyo o‘qituvchilari uchun Kasbiy rivojlanish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tmoqda.

Trening Ilmiy-amaliy stajirovkada universitetimiz ATDT kafedrasi professori Muhamediyeva Dildora Kabilovna zamonaviy ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatiga oid integratsiyalashgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zalashtirmoqda.

Stajirovka doirasida:
⏺ Scopus bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda maqola chop etish talablari;
⏺ Akademik yozuv madaniyati va tadqiqot etikasi bo‘yicha amaliy bilimlar;
⏺ Ilmiy maqola tayyorlash va topshirish jarayoni to‘liq o‘zlashtirildi.

Shuningdek:
⏺ Xalqaro grantlarni aniqlash;
⏺ Grant strategiyasini ishlab chiqish orqali loyiha takliflarini tayyorlash ko‘nikmalari shakllantirildi.

Zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
⏺ Smart learning platformalari;
⏺ Interaktiv o‘qitish metodlari;
⏺Sun’iy intellekt asosidagi ta’lim yechimlarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar o‘rganildi.

❗️Ushbu stajirovka ilmiy va pedagogik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.