O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand davlat chet tillari instituti, Germaniya xalqaro konferensiyasi bilan hamkorlikda "Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada universitetimizning Dasturiy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shirinov Laziz Toxirovich "Ilm-fan yetakchisi” esdalik ko‘krak nishoni hamda sertifikat, guvohnoma va maqolalar to‘plami bilan taqdirlandi.