Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman “Axborot xavfsizligining zamonaviy muammolari”, “Kriptologiya sohasi istiqbollari” va “Raqamli kriminalistika yutuqlari” sho‘balarida tashkil etilib, qiziqarli o‘tgan anjumanda axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan soha-korxonalaridan, ta’lim muassasalaridan mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, magistr hamda bakalavr talabalari ishtirok etib, axborot xavfsizligi sohasida o‘z bilim va malakalari bilan o‘rtoqlashdilar.