11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmda mening orzularim” mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.
🏛Universitet bosqichi: 6-fevral
⏺G‘oliblar Respublika bosqichida ishtirok etadi.
🎯Maqsad:
— ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
— qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish;
— kelajak ayol olimalar obrazini yaratish.
💬 Yo‘nalishlar (erkin uslubda):
• Ilm va texnologiya kelajagi
• Ayol olima timsoli
• Men yaratadigan kashfiyot
• Ilm bilan o‘zgarayotgan dunyo
📌 Talablar:
— barcha fakultet talaba-qizlari;
— texnika: erkin (akvarel, moybo‘yoq, grafika, raqamli va b.);
— ishlar original, A3 formatda.
✉️ Tayyor ishlarni @DavronovaLola ga topshiring.
⭐ Orzularingizni ranglarda ifoda eting — balki aynan sizning g‘oyangiz ertangi kashfiyot bo‘lar!