💻Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabasi xalqaro ilmiy forum doirasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida "ILM-FAN IFTIXORI" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalar ishtirokida onlayn shakldagi “XALQARO ILMIY FORUM” tashkil etilgan edi.
✅28-yanvar Toshkent shahar yoshlar markazida mazkur forum ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
🎓Ushbu tantanali marosimda Radio va Mobil aloqa fakultetining 3-bosqich talabasi Qudratillayev Meirbek “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni, maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
🎉Talabamizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!