Ikkinchi oliy ta’limning (Ikkinchi mutaxassislik) sirtqi shakli uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga

  • Asosiy
  • Ikkinchi oliy ta’limning (Ikkinchi mutaxassislik) sirtqi shakli uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga

🗒 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2024/2025-o‘quv yili qabulida ikkinchi oliy ta’limning sirtqi shakliga hujjat topshirganlar uchun imtihonlar suhbat shaklida joriy yilning 28-29-avgust kunlari bevosita Universitetda o‘tkazilishi rejalashitirilgan.

➖ 28-avgust kuni Axborot xavfsizligi hamda Kiberxavfsizlik injiniringi yo‘nalishlari;

➖ 29-avgust kuni qolgan barcha yo‘nalishlar uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.

💳 Talabgorlar suhbatga quyidagi hujjatlar bilan tashrif buyurishlari kerak:

✅Fuqarolik pasportidan 4 ta nusxa (asl nusxasi ham bo‘lishi kerak)
ID karta bo‘lsa my.gov.uz dan yashash joyi haqida ham ma’lumotnomadan 4 ta nusxa;
✅Oliy ma’lumot to‘g‘risida hujjat - diplom va ilovasi asli hamda 2 tadan nusxasi;
✅3.5 × 4.5 rasm 8 ta;
✅Qog‘ozlar uchun papka (ipli) 2 ta;
✅Konvert A5 formatda 2 ta;

❗️Hujjatlarida kamchiligi bor talabgorlar suhbatga kiritilmaydi !

📍Manzil: Toshkent shahar, A.Temur ko‘chasi, 108-uy.