21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida buyuk yozuvchi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodini oʻrganish, adibning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek tiliga qo‘shgan ulkan hissasi, ona tilimizning ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirish va ibrat sifatida targʻib qilish maqsadida navbatdagi madaniy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi beqiyosdir. Buyuk ijodkor tomonidan yaratilgan o‘lmas asarlar, badiiy tasvirlar nafaqat milliy adabiyotimizning, balki milliy tilimizning ham ravnaqiga katta hissa qo‘shgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbir davomida universitet rahbariyati tomonidan ikki buyuk qalb sohiblari poyiga gulchambar qo‘yildi.
TATU matbuot xizmati