“Idea Wave Labs” kompaniyasining TATUga tashrifi

  • Asosiy
  • “Idea Wave Labs” kompaniyasining TATUga tashrifi

2016 yil 28 yanvar kuni Hindistonning dunyo bo‘yicha start-up larga yirik sarmoya kiritish bilan tanilgan "Idea Wave Labs” kompaniyasi bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad TATU bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, chunonchi:

1. O‘quv markazini tashkil etish

2. Dasturiy ta’minot yaratuvchi xalqaro markazini tashkil qilish

3. Raqamlashtirilgan marketing agentligi nomli qo‘shma korxona ochish va boshqa yo‘nalishlar

Uchrashuvda Idea wave labs direktori Kris Jorj, uning o‘rinbosarlari Sunil Chandarama va Amit Gupta, hamda TATU tomonidan rector X.A. Muxitdinov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Z.T. Xakimov, kompyuter injiniring fakulteti dekani K.Tashev, dasturiy injiniring fakulteti dekani D.Abdullayev va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Radjiyevlar qatnashdilar.

Yeg‘ilishi davomida mehmonlar TATUning ta’lim tizimida kundan kunga yangi islohotlar olib borilayotgani va bu universitet faoliyatini kuchaytirishda kata hissa qo‘shayotganini ta’kidlab o‘tdilar. Hususan, mehmonlar AKT sohasida kelajakda jahon standartlarida ishlay oladigan mutaxassislar yetarlichaligi va bu omil ularning universitetga tashrif buyurib hamkorlik qilishga asosiy sabab bo‘layotgani mehmonlar tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

"Idea Wave Labs” kompaniyasi asosan dunyo bo‘ylab kreativ g‘oya egalariga ham moddiy ham amaliy sarmoya berish orqali jamiyat uchun yaratilayotgan mahsulot yoki hizmat turlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu korxona 2000 yilda Singapurda tashkil etilishiga qaramay hozirga kelib uning moliyaviy aylanma miqdori 50mln AQSh dollarini, ustav kapitali esa 15 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Uchrashuv oxirida mehmonlar TATU bilan quyidagi 3 xil yo‘nalishda hamkorlik qilish taklifini berdilar:

1. TATUda start-up larni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli o‘quv trening kurslarini TATU talabalari va o‘qituvchilariga o‘tish. Bunda g‘oya ishlab chiqishdan tortib uni biznesga aylantirishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

2. TATU talabalari uchun eng yaxshi go‘ya tanlovini tashkil etish. Bunda eng yaxshi g‘oya egalari nafaqat moddiy tarafdan rag‘batlantiriladi balki ularning g‘oyalariga sarmoya kiritilgan holda biznes yo‘lga qo‘yiladi.

3. Dasturlash bo‘yicha o‘z tegndoshlari orasida kuchliroq bilim va ko‘nikmalar egalaridan 3tasiga kompaniyada amaliyot o‘tish imkoniyatini yaratish.

TATU rahbariyati mehmonlarni bahor faslida universitetda tashkillashtiriladigan dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasiga taklif qildi. Taklifga binoan 2016 yil mart oyida "Idea Wave Labs” rahbariyati TATUga yana bir bor tashrif buyurishi rejalashtirildi.

 

“Idea Wave Labs” kompaniyasining TATUga tashrifi

 

“Idea Wave Labs” kompaniyasining TATUga tashrifi