
Dastlab so‘nggi yillarda yurtimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilindi.
Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqi bilan ochib berdi.
🔴 “Raqamlashtirish missiyasini Prezidentimiz jamoamizga yuklagan paytda oldimizda turgan asosiy savol shunday edi: mamlakat ichida qanday qilib yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish mumkin? O‘zbekiston o‘z fuqarolari ish izlab xorijga chiqib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratib, kompaniyalarni aynan shu yerga jalb qilish siyosatini tanladi. Bugun esa biz ana shu kelajakka qaratilgan yondashuvning natijalarini ko‘rib turibmiz.
O‘zbekiston xalqaro maydonda jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda u nafaqat mintaqa, balki jahon miqyosida ham eng tez o‘sib borayotgan mamlakatlardan biriga aylandi” – dedi vazir o‘z nutqi davomida.