UZTELECOM jahonning yetakchi telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi - Huawei bilan hamkorlikda 5.5G tarmog‘ini taqdim etdi.
Sinov tariqasida ishga tushirilgan 5.5G texnologiyasi foydalanuvchilarga bir necha soniya ichida ulkan fayllarni yuklab olish, virtual va kengaytirilgan reallik bilan muloqot qilish, shuningdek, aqlli shaharlar va yuqori darajada avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
📊Bularning barchasi 5.5G‘ni O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasidagi asosiy qadamga aylantiradi.
Yuqori martabali mehmonlar ishtirokidagi ICTWeek ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov yangi avlod tarmog‘ini ishga tushirilish taqdimotida ishtirok etdi.