Joriy yilning, 2-3-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida “Oliy ta’limni raqamlashtirish sharoitida innovatsion o‘qitish tеxnologiyalarini qo‘llash masalalari” (ICT Edu 2023) mavzusida ilmiy-uslubiy konfеrеnsiya o‘tkazildi.
Konferensiyada pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashga bag'ishlangan bo'lib, ilmiy-uslubiy tadqiqot natijalari muhokama qilindi.