🖥Dasturlash bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 20-oktyabrda bo‘lib o‘tsa, ikkinchi Respublika bosqichi esa 17-noyabrda o‘tkaziladi.
❕Ma’lumot o‘rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.
✅Olimpiadaning maqsadi — turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir.
💡“ICPC Uzbekistan” Respublika bosqichi g‘oliblari ICPC xalqaro olimpiadasining yarim finalida ishtirok etish uchun maxsus yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/f3rim9hCaUV9dtif6
🏪Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 14-oktyabr soat 23:59ʼda.