Hyundai NGV va KOICA: professional iste’dodlarni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik

  • Asosiy
  • Hyundai NGV va KOICA: professional iste’dodlarni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik

Janubiy Koreyaning Hyundai NGV kompaniyasining katta menejerlari KOICAning “Professional iste’dodlarni rivojlantirish” dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan dasturda TATUning ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Mazkur “Professional iste’dodlarni rivojlantirish” dasturi Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida STEM yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi. Dastur doirasida talabalar nazariy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda Koreyaning yetakchi mahalliy kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ta’kidlandi.

✅Ushbu grant dasturida ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil mart oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekistonning 8 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatorida TATU bitiruvchilari ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❗️Mazkur tashabbus TATU bitiruvchilari uchun xalqaro ta’lim va professional rivojlanish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.