Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!

Sizlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminar yig‘ilishida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:

  1. Temirova Dilfuza Xusanovnaning “Aqlli shahar trafigini dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘ida uzatish model va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 20-oktyabr, soat 10:00.
  2. Shaudenbaev Nurmuxamed Murat ulining “5G tarmoqlarida mobilligi past qurilmalar hisobot intervalini adaptiv boshqarish model va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 20-oktyabr, soat 11:30.

Seminar o‘tkaziladigan manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E binosi, 101-xona.