Sizlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12. T.01.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminar yig‘ilishida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
Nabiyev Ilxomdjon Sharifovichning “Murakkab fraktal shakldagi 3D obyektlarni golografik tasvirini geometrik modellashtirish” mavzusidagi 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari boʿyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi muhokamasi 2026-yil 06-iyul, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy raxbar: t.f.d., professor Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich
Jaumitbaeva Mexriban Karamatdin kizining “Videomodeling asosida videotasvirlarni qayta ishlash algoritmi va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” mavzusidagi 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari boʿyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi muhokamasi 2026-yil 06-iyul, soat 11:30 da bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy raxbar: t.f.d., professor Beknazarova Saida Safibullayevna
Seminar o‘tkaziladigan manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E binosi, 101-xona.