Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!
Sizlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12. T.01.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminar yig‘ilishida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Lazarev Amir Pishembayevichning “Intellektual transport tizimlarida avtomobildan avtomobilga (V2V) ma’lumotlarni uzatish model va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 23- oktyabr, soat 10:00.
- Alimdjanov Xayot Farxadovichning “Разработка модели и алгоритмов дистанционного мониторинга состояния пролётных конструкций на основе радиотехнологий” mavzusidagi 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 23- oktyabr, soat 11:30.
Seminar o‘tkaziladigan manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E binosi, 101-xona.