Sizlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12. T.01.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminar yig‘ilishida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Foziljonov Xojiakbar Ismoil o‘g‘lining “Hisoblash tizimlari videotraktlarining maʼlumotlarini yon elektromagnit nurlanish orqali chiqib ketishini oldini olish usullari va vositalari” mavzusidagi 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 19-iyun, soat 10:00.
- Tursimuratov Saparniyaz Salauatovichning “Tolali optik aloqa liniyalarining ishonchliligini baholash modeli va algoritmlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida)” mavzusidagi 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi, 2026-yil 19-iyun, soat 11:30.
Seminar o‘tkaziladigan manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E binosi, 101-xona.