Hurmatli ustozlar, doktorantlar, talabalar

  • Asosiy
  • Hurmatli ustozlar, doktorantlar, talabalar

Hurmatli ustozlar, doktorantlar, talabalar

 Sizni “IEEE Xplore Raqamli kutubxona: Tadqiqot vaqti optimallashtirish uchun qidiruv strategiyalari” onlayn-treningiga taklif qilamiz.

Trening TATU talabalar, magistrantlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, shuningdek, IEEE ilmiy manbalar bilan tanishishni xohlovchilarning barchasiga mo‘ljallangan. Treningda IEEE Xplore platformasining funksional vositalari, ilmiy-texnik tadqiqotlar dunyosidagi qidiruv tizimi, IEEE jurnallarida ilmiy tadqiqotlarni nashr etish jarayoni haqida muhokama olib boriladi.

IEEE Xplore Raqamli kutubxonasi dunyodagi eng yirik texnik elektron kutubxona bo‘lib, unda barcha zamonaviy ilmiy jahon adabiyotlarining uchdan bir qismi mavjud, xususan:

  • 5,5 milliondan ortiq to‘liq matnli hujjatlar
  • 195 IEEE jurnallari, davriy nashrlari va maqolalar to‘plamlari
  • IEEE konferentsiyalarining 1,800 dan ortiq to‘plamlari
  • 4,600 dan ortiq tasdiqlangan va nashr etilgan IEEE standartlari

Onlayn-trening IEEEning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha vakili Asel Jarasova tomonidan IEEEning O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy vakili Eline-Press kompaniyasi hamkorligida bo‘lib o‘tadi.

Seminarda ishtirok etganlarga sertifikat taqdim etiladi.

Sana va vaqt: 11 yanvar 2023 yil, soat 14:30da

Manzil: TATU katta majlislar zali va Onlayn platforma Microsoft Teams

Ulanish uchun havola:

https://teams.microsoft.com/registration/JGSFLUQI0keWj7mqOF1HGg,ey71dqsrq0WlR7FfhwnGXg,HhIuy5VFukmQtCa2e2_aHQ,NKdUa1EFZE6bwHoGkhrk9A,UYYRQoA3E0u5BtFFcMhZQ,RQ7zTuV0L0W3Zg3QMC6HYQ?mode=read&tenantId=2d856424-0844-47d2-968fb9aa385d471a&skipauthstrap=1