Hurmatli TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari!!!

  • Asosiy
  • Hurmatli TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari!!!

Xitoyning yetakchi milliy universitetlaridan biri, Jahon universitetlarining akademik reytingi (ARWU)da TOP-150 universitetlar qatoriga kiruvchi Pekin Texnologiya Instituti (BIT) 2025-yilgi magistratura va Ph.D. dasturlari uchun qabulni e’lon qildi.

⏺ Pekin Texnologiya Instituti (BIT) TATU professor-o‘qituvchilari va talabalariga magistratura yoki doktorlik darajasini olish uchun 5 ta Xitoy hukumati grantini (CSC) ajratdi. Grant uchun ariza rasman ma’qullansa, talaba BITda magistratura (2 yil) va Ph.D. (4 yil) o‘qish to‘lovlari, yotoqxona, oylik stipendiya va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Grant talablari, ariza topshirish, batafsil ma’lumot uchun (https://drive.google.com/file/d/1RsaMWi0bkBL6ZtYYg8XMDH079RlIy1Hy/view?usp=sharing)

📝 Ma’lumot uchun:
Pekin Texnologiya Instituti (BIT) Xitoyda xalqaro talabalar uchun Oliy umumiy ta’lim akkreditatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi.