Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!

  • Asosiy
  • Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!

Joriy yilning 17-sentyabr kuni soat 11:30 da 💻  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universitetida DIONYSOS kompaniyasi mutaxassislari bilan seminar-uchrashuv tashkil etiladi.

Mavzu: "Artificial Intelligence in High-Load Web Software Development: From Planning to Maintenance".

Ushbu ma’ruzada siz sun’iy intellektdan yuqori yuklamali veb-ilovalarni yaratishning barcha bosqichlarida qanday foydalanilishini batafsil bilib olasiz: Shuningdek, rejalashtirish, dizayn, arxitektura, dasturlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Eng qiziq tomoni shundaki, AI qanday qilib qaror qabul qilishga yordam berishi, kod sifatini oshirishi va katta trafikka bardosh beradigan tizimlarni saqlab turishni osonlashtirishini amaliy misollarda ko‘rasiz.

Shuningdek, kompaniyadagi bo‘sh ish o‘rinlari, xalqaro bozorda ishlayotgan tajribali muhandislardan qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Ma’ruzachilar:
Krichko Egor Yuryevich - OSIRIS kompaniyasining Monakodagi ofisida Connector loyihasi Lead Backend Developeri, CESI (École d’ingénieurs CESI, Fransiya) talabasi;
Kasev Vlad Aleksandrovich - kompaniya direktorining o‘rinbosari.


Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

Ma’ruza rus / ingliz tilida olib boriladi.
  Tadbir o‘tkazish joyi:
  Sana: 17-sentyabr, soat 11:30
  Manzil: TATU, A bino 318-xona.